60410500 - Bank ishi va auditi ta’lim yo’nalishi moliya bozorida yangi vositalarni, moliya-kredit institutlarining xatarlari va daromadlarini boshqarishni ta’minlaydigan bank mahsulotlarini ishlab chiqish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim yo’nalishi fanlarining mazmuni moliya - kredit tizimlarini avtomatlashtirish va moliyaviy va bank xizmatlarini raqamlashtirish, valyuta, fond bozori sohasidagi raqamli moliyaviy texnologiyalar, pul muomalasi evolyutsiyasi, raqamli banking va raqamli moliya, bank sug’urtasi, moliyaviy xizmatlar iste’molchilarini himoya qilish, moliya bozorida Mega - regulyator Markaziy banki, shuningdek, moliya-kredit institutlarining tavakkalchilikni boshqarish sohasidagi dolzarb tadqiqotlarni hisobga oladi.