Renessans ta’lim universitetida o‘tkazilgan “Zakovat” kubogi yana bir bor professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning salohiyati, ziyrakligi hamda jamoaviy birdamligini namoyon etdi. Bellashuvda 20 ga yaqin jamoa qatnashib, har biri o‘zining intellektual imkoniyatini ko‘rsatdi.
Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Xorijiy filologiya kafedrasining “Xorijiy filologiya” jamoasiga nasib etdi. 2-o‘rinni Xorijiy til va adabiyoti kafedrasining “Yuksalish” jamoasi, 3-o‘rinni esa Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasining “Turon” jamoasi egalladi. Bu muvaffaqiyatlar jamoalarning puxta tayyorgarligi va o‘zaro hamjihatligining yorqin samarasidir.
Bellashuv doirasida alohida nominatsiyalar ham taqdim etildi. “Eng yaxshi jamoa sardori” – “Xorijiy filologiya” jamoasi sardori Dilfuza Sariboyeva, “Eng yaxshi bilimdon” – “Nuroniylar” jamoasi a’zosi Raimjon Idiyev, “Eng yaxshi bilimdon ayol” esa "Tyutorlar" jamoasi vakili Sarvinoz Haydarova deb topildi.
Bunday intellektual musobaqalar xodimlarning bilim darajasini oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ishtirokchilar tomonidan bu kabi intellektual о‘yinlarni doimiy ravishda o'tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.