Renessans ta’lim universiteti faollar zalida Axborot texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatini universitetimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akbar Tolebayevich Eshmurodov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, tarix fanlari doktori, professor Otabek Qudratovich Alimardonov o‘zining zarur ma’lumotlari bilan suhbatni mazmunli va samarali o‘tishini ta’minladi.
Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Jamshid Jonuzoqovich Fayzullayev va Renessans ta’lim universiteti katta o‘qituvchisi, shoir Yo‘lchi Ziyodullayevich Ro‘ziyevlar talabalarga internetdagi yot, g‘oyalarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zining kerakli tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.
Shuningdek O‘zbekiston milliy teleradiokomponiyasi tomonidan taqdim etilgan “XXI asr fitnasi” hujjatli filmi talablar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilinib, hayot yo‘llarida foydalanish imkoniyati yaratib berildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalar qalbidan bir umrga arzigulik voqea sifatida muhrlandi.