Renessans ta’lim universitetida Yoshlar akademiyasi liderligiga munosib nomzodni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga yetdi.
Unda universitetimizning faol va iqtidorli talabalari — O‘rolov Asadbek O‘ktam o‘g‘li, Toshkanov Temurbek Otabek o‘g‘li hamda Turayev Mardonbek Sultonbek o‘g‘li nomzod sifatida ishtirok etdi.
So‘rov jarayonini Telegram kanalimizdagi deyarli 13 ming a’zo kuzatdi. Shundan, 2713 nafar foydalanuvchi ovoz berishda faol ishtirok etdi. Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
🔹O‘rolov Asadbek – 1272 ta ovoz (47%)
🔹Toshkanov Temurbek – 900 ta ovoz (33%)
🔹Turayev Mardonbek – 541 ta ovoz (20%) oldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan O‘rolov Asadbek O‘ktam o‘g‘li universitetimiz nomidan Yoshlar akademiyasi lideri etib saylandi.
Bu jarayon barcha uchun ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgani, talabalar faolligi va ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqish bilan ajralib turdi.
Asadbekni munosib g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz. So‘rovnomada ishtirok etgan barchaga minnatdorlik bildiramiz.