Kuz – qish mavsumi kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlarni xavfsizligini ta’minlash yanada dolzarb masalaga aylanadi. Ayni ushbu masalalarga aholining e’tiborini qaratish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Renessans ta’lim universiteti talabalari uchun “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy xavf solib kelayotgan is gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari xususida gapirib, yong‘inlar va turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.