Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi avtomobil ta’lim muassasalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi avtomobil ta’lim muassasalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Renessans taʼlim universitetida avtomobilsozlik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan navbatdagi uchrashuv Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli texnika kolleji vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuvda Transport Texnika Kolleji nazoratchisi professori Yi Guopeng Jilin, Avtomobil injiniringi fakulteti dekani, professor Kong Chunhua,  Guangdong Mexatronika va Elektrotexnika Kolleji Avtomobil injiniringi fakulteti dekani, professor Chen Liming, Beijing Transport Texnika Kolleji professori Li Zhuo, Beijing Sanoat Texnika Kolleji dotsenti Gao Lühe ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, suhbat davomida Mashinasozlik ta’limini rivojlantirish markazi mutaxassislari bilan birga avtomobil sanoatiga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari  muhokama qilindi.