"Oliy taʼlim transformatsiyasi trendlari. Oliy taʼlim tizimini moliyalashtirish va boshqaruv" mavzusidagi dastlabki shoʻba majlisi dasturidan AQSH (onlayn), Eron, Meksika (onlayn), Hindiston, Bolgariya, Xitoy mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari rahbar va professorlari, dotsentlari, malakali mutaxassislarining taqdimotlari o‘rin olgan.
Ushbu taqdimotlarda xalqaro o‘rta maktablar va universitetlar uchun innovatsion hamkorlik modellari, oliy taʼlimda xalqaro standartlarni birlashtirish: TOEFL va Global baholash vositalarining roli, universitetlarni o‘zgartirish va modernizatsiya qilishda raqamlashtirishning ahamiyati, madaniyatlararo aloqa sharoitida xalqaro talabalarni boshqarishda mavjud amaliyot va izlanishlar bo'yicha o‘zaro tajriba va fikr-mulohazalar almashish ko‘zda tutilgan.