Konferensiyada "Davr voqealari, o'qituvchilarni tayyorlash va o'qituvchilik kasbi tajribasini rivojlantirishning o'zaro bog'liqligi, ta’limdagi o‘zgarishlar muammolari" Drezden texnik universiteti, Erasmus+ ta'lim instituti koordinatori Julia Koinova-Zoellner (Germaniya)ning taqdimotida qiziqarli faktlar, muhim ma’lumotlar, qiyosiy tahlillar va tavsiyalar asosida ochib berildi.
Shuningdek, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, O'zRFA akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Xolboy Ibraimovning “Ta’lim tizimida ilmiy-innovatsion tadqiqotlar mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zarurat sifatida” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.