Ushbu xalqaro konferensiyaning yuqori darajada tashkil etilgani ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda

Ushbu xalqaro konferensiyaning yuqori darajada tashkil etilgani ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda

Konferensiya dasturida turli mamlakatlardan taniqli olimlarning chiqishlari ham rejalashtirilgan. Xususan, Finlandiyaning “Prime Education Finland” tashkiloti direktori, professor Ilkhom Khalimzoda “Raqamli filologiya: zamonaviy matnlarni o‘qish – til, xotira va ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarni talqin qilish” mavzusida so‘z yuritdi.
Shuningdek, Turkiy davlatlar hamkorligi bo‘limi boshlig‘i, Karabuk universiteti xalqaro aloqalar prorektori, professor Saidbek Boltaboyev “Turkiy tillar taraqqiyoti va o‘zbek tili rivoji” mavzusidagi ma’ruza bilan onlayn ishtirok etdi. 
Eslatib o‘tamiz, xalqaro konferensiya jarayonlarini ZOOM platformasi orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.