Buxoro shahridagi Universal sport majmuasida sportning kurash turi bo’yicha kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. 600 ga yaqin yosh kurashchilar ishtirok etgan chempionatda Renessans ta'lim universiteti 1-bosqich magistranti Sitora Elmurodova ayollar o‘rtasidagi bahslarda gilamga chiqib, 52 kg. vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, ushbu chempionatda ishtirokchilar 8 ta vazn toifasida g’oliblik uchun bahs olib bordi. Yilning nufuzli musobaqalaridan biri bo’lgan mazkur chempionat g’oliblari 2026-yil Yaponiyada bo’lib o’tadigan Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sharafini himoya qiladi.