Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan QS EURASIA FORUM 2025 da Renessans ta’lim universiteti vakillari ishtirok etdi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan QS EURASIA FORUM 2025 da Renessans ta’lim universiteti vakillari ishtirok etdi

Forumda universitet rektori Shohruh Nuraliyev va prorektor Zokir Zikriyayev qatnashdi. 
Sammit doirasida QS boshqaruv raisi va asoschisi Nunzio Quacquarelli hamda QS Quacquarelli Symonds kompaniyasining mintaqaviy direktori, London Business School Executive MBA bitiruvchisi, Shell, Nokia va Thomson Reuters kompaniyalarida, shuningdek, davlat organlari va startaplarda yuqori lavozimlarda faoliyat olib borgan Sergey Xristoliubov bilan Renessans ta'lim universitetini QS reyting agentligi hamkor universitetlari qatoriga qo‘shish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Sammit doirasida Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, BAA, Ruminiya, Malayziya davlatlaridan ishtirok etayotgan universitetlar rahbarlari bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi.
Universitetimiz xorijiy hamkorlar doirasini izchil kengaytirib, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini kun sayin mustahkamlab bormoqda.