Til – xalqning g‘ururi, millatning ruhi

Til – xalqning g‘ururi, millatning ruhi

U har bir millatning ma’naviy dunyosi va madaniyatini o‘zida aks ettiradi. 21-oktabr – o‘zbek tili bayrami kuni mamlakatimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlandi. 
An’anaga muvofiq, ushbu sana munosabati bilan Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatori Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etdi. 
Davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor, deb bilishimiz zarur. Bu qutlug‘ bayram – tilimizni ulug‘lash, uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish burchimizni yana bir bor yodga soladi.