Yangi qoidalar va lug‘at bilan ishlash xotirani mustahkamlaydi, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi hamda shaxsiy va kasbiy rivojlanishga xizmat qiladi.
Shu maqsadda Renessans ta’lim universitetida talabalarni intellektual salohiyatini yuksaltirish va xorijiy tillarni samarali o‘rganishlari uchun bepul til to‘garaklari tashkil etilgan. Jumladan, payshanba va shanba kunlari soat 13:30 dan 14:50 gacha universitetning B binosidagi Xitoy tili markazida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotda talabalar xitoy tilida so‘zlashishni mashq qildilar, yangi so‘z va ifodalarni o‘rgandilar hamda Xitoy madaniyati, an’analari va milliy bayramlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Agar sizda ham xitoy tilini eng zamonaviy taʼlim standartlari asosida o‘rganish niyati bo‘lsa murojaat qiling:👉 @Xitoymarkazi