Tashrifi rejalashtirilayotgan adiblar haqida...

Tashrifi rejalashtirilayotgan adiblar haqida...

Erkin A'zam hayoti va ijodi. Erkin A'zam hikolari to'plami
       ERKIN A'ZAM
 
Erkin Aʼzam (10-avgust 1950-yil, Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug'ilgan) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri. 1972-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oʻqishni tugatganidan soʻng uning jurnalistika sohasida faoliyati boshlangan. Dastlab respublika radiosida muharrir„Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va Sanʼat nashriyotida tahririyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 19921994-yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari boʻlgan. 1995-yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri, I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati boʻlib saylangan. 

Erkin Aʼzamning yozuvchilikdagi ilk uchqunlari maktab davridayoq porlay boshlagn. Uning „Inson“ hikoyasi 1966-yilda viloyat gazetasida chop etilgan. Keyinchalik uning „Chiroqlar oʻchmagan kecha“ nomli hikoyalar toʻplami 1977-yilda chop etilgan. Biroz tanaffusdan keyin, anqirogʻi 1981-yilda yozuvchining "Otoyining tug'ilgan yili nomli qissa va hikoyalar toʻplami chop etilgan. Erkin Aʼzam "Otoyining tug'ilgan yili toʻplami uchun oʻzbekiston yoshlar ittifoqining maxsus mukofoti bilan taqdirlangan. Shundan soʻng isteʼdodli yozuvchining „Olam yam-yashil“ (1984), „Javob“ (1986), „Bayramdan boshqa kunlar“ (1988), „Mir v tsvetax“ (1999), „Pakananing oshiq koʻngli“ (2001), „Kechikayotgan odam“ (2002) singari bir qator roman, qissa va hikoyalari ketma ket chop etilgan. Yozuvchining „Jannat oʻzi qaydadur“, „Shajara“, „Farrosh kampirning tushi“, „Xonadon egasi“, „Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi“ kabi yozilgan asarlari asosida respublikamiz teatrlarida pyesalar sahnalashtirilgan va muvaffaqiyatga erishgan.

Kinodramaturgiya  

Yozuvchi qalamiga mansub asarlar orasida „Chantrimore“„Parizod“ asarlari asosida suratga olingan filmlar oʻzbek kinomatografiyasida yangilik boʻlgan. Bundan tashaqri „Piyoda“„Dilxiroj“ asari asosida suratga olinga film xalqaro eʼtiborga sazovor boʻlgan boʻlib Germaniya va Fransiy telkanallari orqali efirga uzatilgan. Bu film nusxasi Yaponiyadagi Fukuoko muzeyida saqlanadi. Yozuvchining „Erkak“ asari asosida suratga olinga film „Kinoshok“ festibalida ishtirok etib „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Butun miqiyosida oʻtkaziladiga Vezul kinfestivalida bosh sovrin Gran-Priga ega chiqqan. „Zabarjad“ asari asosida suratga olingan film „Moskovskaya premyera“ va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining bir necha diplomlariga ega boʻlgan. „Suv Yoqalab“ filmi „Zolotoy Vityaz“ kinofestivalida „Serebryanniy Vityaz“ mukofotiga loyiq deb topilgan, New-York shahrida oʻtkazilgan kino forumida namoyish etilgan. "Parizod" filmi kinoshok festivalida bosh sovringa ega boʻlgan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat — insoniy erk, har qanday zoʻravonlikka munosabat masalasidir.

Xalqaro maydonda

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam qalamiga mansub asarlar rusukrainbelarusqozoqtojikturkmanbolgargruzin tillariga tarjima qilingan. 2015-yilda yozuvchining qissalar toʻplami Angliya va Fransiyada chop etilgan.

Ma'lumot Vikipediyadan olindi.

Fotosurat taʼrifi yoʻq.

OLIMJON DAVLATOV

Olimjon Davlatov adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos 1973-yil Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 
1993 - 1998 yy. – Tojikiston davlat Milliy universiteti talabasi; 1999 - 2002 yy. – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti aspiranti; 2002 - 2003 yy. – O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashr bo‘limi muharriri; 2003 - 2006 yy. – O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati ijrochi direktor o‘rinbosari; 2007 - 2008 yy. – “Yosh kuch press matbuoti” MChJ direktor o‘rinbosari; 2008 - 2015 yy. – “Tamaddun” MChJ nashriyoti direktori; 2016 - 2017 yy. – Samarqand davlat universiteti katta ilmiy xodim – izlanuvchisi; 2018 - 2019 yy. – “O‘zbekkino” Milliy agentligi Kinoloyihalarni tematik rejalashtirish va filmlarni ishlab chiqarish jarayoni monitoringi boshqarmasi boshlig‘i; 2019- 2021 yy. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Mumtoz filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi; 2021 y.h.v – Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi Ijrochi direktori. 2022 y.h.v – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori bo'lib ishlagan. 
Adib ijodi haqida. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar, atamalar“ lug‘ati (2002), „Falsafa: qomusiy lug‘at“ (2004), „G‘arb falsafasi“ (2004, barchasi hammualliflikda), „Ibn al-Arabiy va uning vahdat ul-vujud falsafasi“ (2007) kitobining muallifi. 2 jildli „Alisher Navoiy qomusiy lug‘ati“ mualliflaridan biri.
Adibning film (serial, hujjatli film) bo‘lgan asarlari: “Abdurahmon Jomiy”, “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” hujjatli filmlari, Birinchi-avgust” kino filmi.; “Nasoyim ul-muhabbat: hikoyatlar va hidoyatlar” (2019y.), “Navoiyshunoslik” (oliy ta’lim muassasalari uchun darslik, hammualliflikda, 2019 y.), “Ma’nolar mahzani (Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar, 2020)”
Adib tarjima qilgan asarlar: Xomanaiyning „Alloma Sadriddin Sheroziy“ (2006), Murtazo Mutahhariyning „Hofiz va irfon“ (2008), Lui Massin’onning „Mansur Halloj“ (2011)
 
XURSHID ABDURASHID

Xurshid Abdurashid 1995-yil 27-iyulda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Pandiron qishlog‘ida tug‘ilgan. 2018-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining bakalavriat bosqichini, 2020-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog. Shu paytga qadar O‘zMTRK “Yoshlar” radiokanalida “Ko‘ngilochar-musiqiy dasturlar” muharririyatida muxbir (0 2016–0 2018), O‘zMTRK “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Madaniy-badiiy dasturlar” muharririyati muharriri (0 2018–0 2018), “Kino san’ati” jurnalida “Kinojarayon” bo‘limi boshlig‘i (0 2019–0 2020), O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasining hududiy bo‘limi boshlig‘i (2020-2022-yillar) lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti Ijtimoiy-ma’naviy muhitni tahlil qilish, baholash va zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘limi kichik ilmiy xodimi lavozimida xizmat qilmoqda.

Xurshid Abdurashid she’riyat va nasrda ijod qiladi. Uning 2 ta she’riy to‘plami, 2 ta ilmiy-ommabop risolasi nashr etilgan. She’r, hikoya va maqolalari Respublikaning markaziy nashrlarida (“Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, “O‘zbekiston talabasi” jurnallari, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Kitob dunyosi”, “Vatanparvar”, “Inson va qonun” gazetalari) muntazam chop etib kelinadi. 2021-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida “O‘sha men edim” nomli kitobi besh ming nusxada nashr qilingan. 2022-yilda “Faqat u qoldi” nomli ikkinchi she’riy to‘plami chop etilgan. “O‘zbek dramaturgiyasida Alisher Navoiy obrazining badiiy talqini” mavzusida yozgan ilmiy monografiyasi Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan nashr qilinayotgan “Mustaqillik davri navoiyshunosligi” 30 jildligidan o‘rin olgan. 2022-yilda “Usmon Nosir” nomli ilmiy-ommabop risolasi chop etilgan. Ayni paytda ilk nasriy kitobi – “Dardisar” nomli romani nashrdan chiqish arafasida. Shuningdek, 2024-yilda premera qilinishi kutilayotgan “Hudud” badiiy filmining ssenariy muallifidir.