“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi

“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi

.
Konferensiyani Renessans ta’lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev tantanali ochib berdi. U ishtirokchilarni mana shunday ahamiyatli muloqot yo‘lga qo‘yilgani bilan tabriklab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirda mamlakatimizning yеtakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari, yosh  olimlar va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.