Joriy yil Dubay shahrida Taekvondo GTF sport turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan eng iqtidorli va mahoratli sportchilar ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Renessans ta’lim universiteti Sport faoliyati yo‘nalishi talabasi Sanam Ergasheva munosib ishtirok etib, o‘zining kuchi, qat’iyati va mahoratini namoyon etdi. Natijada, faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bu yutuq Sanam Ergashevaning mehnatsevarligi va sportga bo‘lgan sadoqati, shuningdek, universitetimizda sportga berilayotgan e’tibor samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.Jamoamiz nomidan sportchimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va unga kelgusi musobaqalarda yanada yuksak natijalar tilaymiz.