RTUda boks to‘garagi: Sog‘lom hayot sari qadam 

RTUda boks to‘garagi: Sog‘lom hayot sari qadam 

Sport turlari orasida stressni kamaytirishi, ishonch va intizomni oshirishi, tezkorlikni kuchaytirishi hamda mushaklarni rivojlantirishi bilan boks alohida ajralib turadi.
Boks bilan shug‘ullanadigan insonlarda yelka, qo‘l, oyoq va qorin mushaklari faol ishlaydi. Hatto, doimiy mashg‘ulotlar orqali o‘zini nazorat qilish va maqsadga erishish qobiliyati shakllanadi.
Renessans ta’lim universitetida tashkil etilgan boks to‘garagida ham talabalar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari, soat 15:00 dan 16:20 gacha boks sir-asrorlarini o‘zlashtirmoqda.   
 
To‘garak rahbari — sport ustasi, O‘zbekiston chempioni Q.Abdullayev bugun boks texnikasi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi.
Agar sizda ham boks sirlarini o‘rganish niyati bo‘lsa, keling, safimizga qo‘shiling.