RTU va IIV Akademiyasi ishtirokida Adiblar xiyobonidagi hisobot konserti

RTU va IIV Akademiyasi ishtirokida Adiblar xiyobonidagi hisobot konserti

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o ‘tkazilinib kelinmoqda. Xuddi shu munosabat bilan, Adiblar xiyobonida joylashgan Toshkent tarixi muzeyi old tomonida Renessans ta’lim universiteti va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ishtirokida hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda: Rahbariyat, hamkor tashkilotlarning mas’ul xodimlari, Renessans ta’lim universitetining talabalari, IIV Akademiyasining 1 va 2-o‘quv kursantlari ishtirok etishdi.
Konsertni Renessans ta’lim universiteti rektori Nusratilla Barakayev hamda Akademiya boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Dadajonov Bobur Boxodirovich ochib berishdi.
Undan so‘ng, kursantlarining ota-onalariga Akademiya boshlig‘ining “Minnatdorlik xat”lari topshirildi va jarayon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining alohida namunali ko‘rgazmali orkestrining vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi.
 
RTU rektori boshchiligida Cho‘lpon haykali poyiga gul qo‘yish marosimi ham ado etildi.
Shu orada tomoshabinlarga “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas” hamda “Qodiriy asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzalari Sherkon Qodiriy va Boburshunos va Qodiriyshunos olim, Saydaliyev To‘lqin Xayriddinovich tomonidan o‘qib berildi. 
Navbat Renessans ta’lim universiteti talabalarining  ijodiy chiqishlariga keldi va unda Jalilova Sabina “Baxt o‘zi nimadur” va “Shoshilma qizgina” qo‘shiqlarini kuyladi. Shu bilan birga, Asilov Samandar tomonidan “Popuri” kuyi qo‘yildi.
 
Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar tadbirning asosiy qismini tashkil etib, unda “O‘zbekiston”, “Vatan”,”Yangi O‘zbekiston posbonlari”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” kuylari yangradi.
Tadbir so‘nggida, IIV Akademiyasi badiiy jamoasi xonandalari tomonidan yoshlarga manzur bo‘luvchi qo‘shiqlar aytildi va shu bilan konsert o‘z nihoyasiga yetdi.