Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish an’anasi yil sayin muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Zero, jamiyatning madaniyat darajasi, ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Jannat poyida bo‘lgan mo‘tabar onalarimizni e’zozlash, ularning farzand tarbiyasi va yurt kelajagi yo‘lidagi jonkuyarliklarini qadrlash, shuningdek, munis ayollarimiz va suyukli opa-singillarimizni ardoqlash xalqimizga xos qadriyat sanaladi.
"8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Renessans ta'lim universitetida mehnat qilib kelayotgan xodimalar va talaba-qizlar qizil yo'laklarda musiqa sadolari ostida kutib olindi. Bayram kayfiyati iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan dasturga ulanib ketdi. Tadbirni universitet rektori Nusratilla Rajabovich Barakayev ayollarga iliq va samimiy tilaklarini bildirib ochib berdi.
Bayramona kecha mehmon san'atkor Bahodir Mirmaqsudovning tashrifi, xoreografiya mahorat maktabining iste'dod egalari ijro etgan sho'x raqslar, "Filiologiya" kafedrasi talabalarining sahna ko'rinishlari, yigit-qizlar ishtirokidagi "Fleshmob", QVZ jamoasining hazilomuz chiqishlari bilan yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.
Shundan so'ng, barcha xodima ayollar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Mahoratli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, musiqali shou dasturlar tashrif buyurganlarga manzur bo'ldi.