Renessans ta’lim universitetiga xorijiy mehmonlar tashrifi davom etmoqda

Renessans ta’lim universitetiga xorijiy mehmonlar tashrifi davom etmoqda

Hozirgina Renessans ta’lim universitetiga Shvetsiyaning Salem munitsipaliteti bolalar va ta’lim bo‘limi maslahatchisi Zilola Yulchiyeva tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif davomida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni almashish masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Bu kabi xalqaro muloqotlar ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Muzokaralar jarayoni davom etmoqda.