Renessans ta’lim universitetida Xitoy Xalq Respublikasining qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy va akademik almashinuvni rivojlantirishga qaratildi.
Tashrif doirasida universitetda Xitoyning quyidagi yetakchi oliygohlari vakillari mehmon bo‘ldi:
✔️Xitoy Renmin universiteti
✔️Xitoy Qishloq xo‘jaligi universiteti
✔️Pekin Transport universiteti
✔️Pekin O‘rmon xo‘jaligi universiteti
✔️Pekin Chet tillar universiteti
✔️Moliya va iqtisodiyot bo‘yicha markaziy universitet
✔️Xitoy Geologiya universiteti (Pekin)
✔️Beihang universiteti (Pekin aeronavtika va astronavtika universiteti)
✔️Pekin Moliya va savdo kolleji
Suhbat chog‘ida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, ta’lim va ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi va qo‘shma ta’lim dasturlari boʻyicha hamkorlik qilish yuzasidan takliflar bildirildi.
Tadbir davomida mehmonlarga Renessans ta’lim universitetining faoliyati, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv natijalari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.