Bugun Renessans ta’lim universitetida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z katta tantana bilan nishonlandi. Universitet hududi erta tongdan quvonch, mehr-oqibat va do‘stlik ruhiga to‘ldi.
Bayram sumalak tayyorlash marosimi bilan boshlandi. Doshqozon atrofida ustozlar, talabalar va mehmonlar bir-biriga ezgu tilaklar bildirib, bahoriy shodiyonadan zavq olishdi.
Sport musobaqalari esa bayramga yanada jo‘shqinlik bag‘ishladi. Arqon tortish bellashuvida jamoaviy hamjihatlik, kuch va matonat sinovdan o‘tdi. Tosh ko‘tarish musobaqasida esa polvonlar o‘z birdamligini namoyish etdi.
Shaxmat va shashka turnirlari qatnashchilarning zukkoligi va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazdi. Stol tennisi bahslarida esa tezkorlik va aniqlik muhim rol o‘ynadi.Madaniy-ko‘ngilochar dasturlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, talabalar o‘z san’atini namoyish etdi.
Bu unutilmas kun yana bir bor Navro‘z faqat tabiatning emas, balki inson qalbining ham uyg‘onishi, yangilanish va mehr-oqibat ayyomi ekanini yorqin dalili bo‘ldi.
Renessans ta’lim universiteti jamoasi o‘z birdamligi va ahilligini yana bir bor namoyon etdi.
🌿 Navro‘z barchamizga tinchlik, baxt va farovonlik olib kelsin. Bayram muborak bo‘lsin!