Renessans ta’lim universitetida xitoy tili kurslariga qatnashish istagida bo‘lgan universitet talabalari va professor-o‘qituvchilarini ushbu kursga taklif etadi.
📌 Kurslar quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
✅ Boshlang‘ich
✅ O‘rta
📚 Darslar bevosita xitoylik mutaxassislar, ya’ni til egalarining o‘zlari tomonidan olib boriladi.
🔔 Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
🔹Talaba almashinuvi dasturlari orqali Xitoyda tahsil olish;
🔹Yozgi ta’til davomida Xitoy shaharlari bo‘ylab 2 haftalik sayohat;
🔹O‘qituvchilar uchun Xitoyda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy forumlarda ishtirok etish;
🔹Xitoyning O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi kompaniyalarida ishlash imkoniyati;
🔹Xalqaro grant dasturlarida qatnashish imkoniyati.
✅Eng muhimi, kurslar Renessans ta’lim universiteti tomonidan moliyalashtiriladi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mutlaqo BEPUL.
✍️ Arizalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 30-sentabrga qadar
Kursga yozilish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz so‘raladi:
📝Telegram: @Xitoymarkazi
📞Telefon: +998 55 506 70 07
⚡️Shoshiling, joylar soni cheklangan. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.