Renessans taʼlim universitetida sport turlari bo‘yicha to‘garaklar jadvali

Renessans taʼlim universitetida sport turlari bo‘yicha to‘garaklar jadvali

Talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Renessans ta’lim universitetida bir qator sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
 
Talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sport mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari mumkin:
🔹Dzyudo   🔹Kurash   🔹Belbog‘li kurash   🔹Erkin kurash   
🔹Voleybol🔹Futbol   🔹Taekvondo   🔹Boks   🔹Stol tennisi
 
Sport mashg‘ulotlari tajribali murabbiylar rahbarligida, belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.
 
Ishtirok etish istagini bildirgan talabalar quyidagi havola orqali maxsus guruhga a’zo bo‘lishlari so‘raladi:📎 @rtu_sport
 
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet sport klubi raisi o‘rinbosari H.Tursunov (99 872 69 68)ga, maʼnaviy-marifiy va ijtimoiy muhit bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga va fakultet tyutorlariga murojaat qilishingiz mumkin.