Nufuzli tadbir Renessans taʼlim universiteti tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.Konferensiyani universitetning Yoshlar masalalari vа ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akbar Eshmurodov tantanali ochib berdi.
Tadbirda mamlakatimizning yеtakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari, yosh olimlar va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning maqsadi – ijtimoiy-gumanitar fanlarning zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish, ularning ijtimoiy ongni shakllantirish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, milliy g‘oya va qadriyatlarni rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi nazariy va amaliy imkoniyatlarini ilmiy asosda tahlil qilishdir.