Men — Sevinch Yusupova, Renessans ta’lim universitetining 100 foizli Iqtidorli talabalar grantini qo‘lga kiritdim.
Birinchi bosqichdanoq o‘z oldimga aniq maqsad qo‘ydim: yuqori malakali ustozlarimiz ko‘magi, universitetimizda yaratilgan zamonaviy sharoitlardan unumli foydalanib, har bir fanga masʼuliyat bilan yondashdim va yuqori natijalarga erishdim.
Ayni paytda menga bildirilgan ishonchni munosib oqlash uchun o‘zimga nisbatan talabchanlikni yanada kuchaytiryapman.
Endi navbat sizga!
Agar siz ham o‘z bilim va salohiyatingizga ishonsangiz — Renessans ta'lim universiteti siz uchun yangi muvaffaqiyatlar eshigini ochadi.