Renessans ta’lim universiteti Xitoyning nufuzli Sian transport universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda

Renessans ta’lim universiteti Xitoyning nufuzli Sian transport universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Renessans ta’lim universiteti vakillari Xitoyning dunyo reytingida Top–300 talikka kirgan nufuzli Sian transport universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida universitet rektori Shohruh Nuraliyev hamda Sian transport universiteti vakillari o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, akademik va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Renessans ta’lim universiteti Xitoyning ilg‘or muhandislik maktablari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va xalqaro sifat standartlarini keng tatbiq etish imkonini bermoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik bundan buyon ham izchil davom etishiga ishonch bildirdilar.