Renessans ta’lim universiteti vakillari Xitoyda bo‘lib o‘tgan Hamkorlik Konferensiyasida faol ishtirok etdi

Renessans ta’lim universiteti vakillari Xitoyda bo‘lib o‘tgan Hamkorlik Konferensiyasida faol ishtirok etdi

Joriy yilning 12-13-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu konferensiyada Renessans ta’lim universiteti rektori, professor Nusratilla Barakayev boshchiligida vakillarimiz ham ishtirok etmoqda.
Anjuman ikki tomonlama ta’lim almashinuv hamkorligini chuqurlashtirish, universitetlar o‘rtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini yaratish va ma’lumot almashinuv platformasini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu konferensiya doirasida raqamli intellekt tomonidan quvvatlanadigan kasbiy ta’limning integratsiyasi va innovatsiyasi bo‘yicha maxsus seminar ham tashkil etish ko‘zda tutilgan.