Renessans taʼlim universiteti: sifatli taʼlim va zamonaviy imkoniyatlar 

Renessans taʼlim universiteti: sifatli taʼlim va zamonaviy imkoniyatlar 

Bugungi kunda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida sifat, samaradorlik va amaliyotga yoʻnaltirilgan yondashuv dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aynan shunday talablarga mos ravishda faoliyat olib borayotgan Renessans taʼlim universiteti taʼlim jarayonlarini ilgʻor xalqaro tajriba asosida samarali tashkil etmoqda.
 
Universitetda talabalarning ta’lim olishi uchun zamonaviy va qulay muhit yaratilgan. Darslar ilgʻor metodika va interaktiv yondashuv asosida olib boriladi. Taʼlim jarayonlari zamonaviy texnologiyalar, yangi avlod oʻquv dasturlari va tajribali professor-oʻqituvchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Har bir talabaga alohida eʼtibor qaratilishi, ularning bilim olish va rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarning yaratilgani ushbu taʼlim muassasasining ustun jihatlaridan biridir.
 
Ayniqsa, universitetda ustoz-shogird munosabatlari faol yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur tizim doirasida malakali ustozlar tomonidan yoshlar bilan individual ishlash, ularning kasbiy koʻnikmalari va nazariy bilimlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi. 
 
Universitet jamoasi kelgusida ham yurtimiz taʼlim tizimining yanada rivojlanishiga, malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shishni davom ettiradi.