Renessans ta’lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford universitetida Davlat siyosati yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini muvaffaqiyatli yakunladi.
Ushbu yutuq rektorimizning shaxsiy mehnati va izchil ilmiy izlanishlarining natijasi bo‘lib, universitetimiz jamoasi uchun ham katta faxrdir. Shohruh Nuraliyevni Renessans ta’lim universiteti jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz.
Shohruh Nuraliyev Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Koreyaning Songyungvan universiteti tahsil olgan. U mehnat faoliyati davomida bir qancha muhim va mas’uliyatli lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan. Mazkur natija universitetimizning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirishga muhim turtki bo‘ladi.