Renessans ta'lim universiteti bitiruvchilari “TalabaExpo-2025” ko‘rgazmasida ishtirok etib, o'zlariga munosib ish topish imkoniyatiga ega bo‘ldiJoriy yilning 21–23-may kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda yirik ish beruvchi kompaniyalar ishtirokida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida mamlakatimizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari, jumladan, Renessans taʼlim universitetining yosh mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan yarmarkada bitiruvchilar o‘z kasbiy yo‘nalishlariga mos ish o‘rinlarini tanlash, yirik kompaniyalar bilan bevosita suhbatdan o‘tish imkoniga ega bo‘ldi.Bitiruvchilarimiz orasida axborot texnologiyalari, menejment va boshqa yo‘nalishlarda o‘zini sinab ko‘rgan, intervyulardan muvaffaqiyatli o‘tgan va ishga qabul qilingan yoshlarimiz ham bor.
Renessans taʼlim universiteti o‘z bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga doimo ustuvor vazifa sifatida qaraydi hamda ularni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.