Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Renessans ta’lim universiteti nomidan turli konsalting firmalar tomonidan universitetga yuqori kursdan o‘qishga kiritib qo‘yish bo‘yicha yolg‘on ma’lumot tarqaldi. Ushbu ma’lumot to‘liq o‘rganib chiqildi va bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ayni paytda Renessans ta’lim universitetiga o'qishga kirish uchun arizalarni www.renessans-edu.uz rasmiy sayti orqali qabul qilinmoqda.
Universitetda o‘qishga qabul qilish hamda o‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli QARORIda belgilangan talab-tartiblarga qat’iy amal qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Renessans ta’lim universitetining hech qanday konsalting firmalar bilan aloqasi yoki shartnomasi yo‘qligini ma’lum qilamiz. Yuqoridagi holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga firibgarlik bo‘yicha ariza kiritilganligini bildiramiz.
Hurmatli ota-onalar, abituriyentlar va yurtdoshlarimizdan yolg‘on va asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklarini, xabarlarni faqat universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallaridan olishingizni so‘raymiz.
Sizga Renessans ta’lim universitetiga amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda o'qishga kiritib qo‘yish, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha turli konsalting firmalar tomonidan murojaat qilinsa, universitet ishonch telefoni (+998555067007) yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz.
Renessans ta’lim universiteti Matbuot xizmati