Pekin iqtisodiyot va menejment instituti Renessans ta'lim universitetining strategik hamkori bo'ldi

Pekin iqtisodiyot va menejment instituti Renessans ta'lim universitetining strategik hamkori bo'ldi

Xalqaro hamkorlarimiz ro‘yxat yana bittaga ko‘paydi. Pekin iqtisodiyot va menejment instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Bugun mazkur institut vitse-prezidenti Vang Junkong boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurib, istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.
Kelishuvga ko‘ra, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy izlanishlarni yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv materiallarini yaratish, shuningdek, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muhimi, talabalar “2+2” dasturi asosida dastlabki 2 yil O‘zbekistonda, keyingi 2 yil Xitoyda o‘qiydi va ikki davlat diplomiga ega bo'ladi.