1876-yilda asos solingan Johns Hopkins universiteti Qoʻ'shma Shtatlardagi Yevropa tadqiqot instituti modeliga asoslangan birinchi universitet hisoblanadi.
Doimiy ravishda AQSh va dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin olib keladi. Universitet oʻzining ilk xayrixohlaridan biri boʻ'lmish amerikalik kvaker, saxovatpesha tadbirkor Johns Hopkins sharafiga nomlangan.
Xalqaro konferensiyada nufuzli Johns Hopkins universiteti professori Susan Olmstead (AQSh) "Ilg‘or tajribalarni jalb qilish va global yo‘naltirilgan oliy ma‘lumotni o‘zgartirishga innovatsion yondashuvlar" mavzusida onlayn taqdimot qildi.
Professori oliy ta’limda ilg'or tajribalarni ommalashtirishda innovatsion yondashuvlar xususida o’z fikr-mulohazalari bilan bo’lishdi.