
Renessans ta’lim universitetida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” nomi ostida o‘tgan ushbu tadbirda atoqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar jam bo‘lishdi.

Adabiy-ma’rifiy uchrashuvni universitet rektori, professor Nusratilla Barakayev ochib berib, Navoiy adabiy merosining buyukligi va yoshlar uchun beqiyos ibrat maktabi ekani haqida so‘z yuritdi.

Asosiy mehmon – taniqli adabiyotshunos, Xalqaro Yassaviy mukofoti laureati, filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Rafiddinov bo‘ldi. U hazrat Navoiy hayoti, ijodi va asarlarining chuqur falsafiy ma’nosi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida talabalar Navoiy g‘azallarini yoddan o‘qishdi, asarlaridan ilhomlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.


Ma’rifiy uchrashuv Navoiy ijodini yanada chuqur o‘rganish, uning ijodiy va insoniy qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
