Renessans ta’lim universiteti Pedagogika fakultetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan “Mehrijon – hosil bayrami” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar bo‘lajak pedagog sifatida amaliyotda ishlay olish imkoniyatlarini ham sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbirni tashkil etish jarayonida talabalarga professor-o‘qituvchilar tomonidan metodik tavsiyalar berildi. Bayram dasturi qiziqarli va o‘quv jarayoniga mos shaklda tayyorlandi.
“Mehrijon – hosil bayrami” orqali talabalarda ijodkorlik, jamoaviy ishlash, pedagogik yondashuv hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash ko‘nikmalari yanada rivojlandi.
Mazkur tadbir Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliy tayyorgarligini oshirish, o‘qituvchilik kasbiga xos ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim tajriba sifatida baholandi.