Ma’naviyat va huquqiy ong – yoshlar tarbiyasining asosi

Ma’naviyat va huquqiy ong – yoshlar tarbiyasining asosi

Renessans ta’lim universitetida 1-bosqich talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan!”, shuningdek, “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Tadbirda Shayxontohur tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘limi boshlig‘i, polkovnik O.Jamolov, tuman soliq bо‘limi boshlig‘i H.Mullajonov, О‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti R.Isakjonov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.Asosiy e'tibor yoshlar ongida ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va ma’naviy immunitetni mustahkamlashga qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari va jamiyatda qonun ustuvorligining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot oldilar.