Rejissor Ruslan Soliyevning “Armon” nomli filmi Renessans ta’lim universiteti talabalarida iliq taassurot qoldirdi.
Filmda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Nozimaxonim, Anbar Otin, Usmon Nosirning hayoti va taraqqiyot, ma’rifat, ilm uchun kurash olib borganlarida qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklarni ko‘rish mumkin.
“Tizim qurbonlariga aylangan jadidlar va boshqa ilg‘or insonlar hayotini son-sanoqsiz tahmin va gumonlar qurshab olgandi…”
Ushbu iboraga alohida urg‘u berilgani bois, filmda O‘zbekiston va dunyoning boshqa davlatlarida faoliyat yurituvchi tadqiqotchi-tarixchilar, fan doktorlari va jadidchilik harakati namoyondalarining yaqinlari tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida sahnalashtirilgan.
Ya’ni jadidchilik harakati va “qadimchilar” o‘rtasidagi “tafovutlar” tilga olinadi. Jadidlarning aynan Turkiston hududidagi mahalliy aholining ilm-fan, madaniyat sohalaridan ancha ortda qolayotgani va ma’rifat sari intilmayotgani uchun qilgan sa’y-harakatlari va ushbu kurashi uchun chekkan azoblari ta’sirchan ko‘rsatilgan. Ha, aynan badiiy sahnalar orqali hissiyotlar mohirona tasvirlangan.
Filmning eng katta yutuqlaridan biri — bu O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarning Islom dinida ayollarning ilmsizlikka, ma’rifatsizlikka chaqirilmagani, erkak musulmonlariga nima buyurilgan bo‘lsa, ayollarga ham shu buyruq va topshiriq berilgani haqida alohida ta’kidlab o‘tadi.
Renessans ta’lim universitetining talabalari filmni o‘zgacha hayajon va maroq bilan kuzatib borishdi. Film yakunida talabalar jadidlar hayotiga bo‘lgan qiziqish ortganligidan va ularning hayoti bilan bog‘liq materiallarni o‘rganishga bo‘lgan istaklarini yashirishmadi.