“MUMTOZ TOUR” oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali Respublika oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida Renessans ta’lim universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yila boshlandi.
“MCHJ”ning mutaxassislar tayyorlash sifatiga bo‘lgan talablarini bevosita ta’lim mazmunini shakllantirishda “Kafedra” professor-o‘qituvchilari tomonidan tizimli o‘rganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish tartibi amalga oshirildi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilg‘or tajribasini o‘rgangan hamda “MCHJ”ning mutaxassislarga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv adabiyotlari, shu jumladan o‘quv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirib borishni tashkilashtira boshlandi.
Hamkorlikda “MCHJ”ni istiqbolli rivojlantirish dasturini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini yillar kesimida aniq manzilli, ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassisligini ko‘rsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi.
“Kafedra”ning ta’lim yo‘nalishlarida zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qo‘llashni amalga oshirish haqida kelishib olindi.
“MCHJ”ning muammolarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish. Ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish, har doim hamkorlikda seminarlar o‘tkazib turish rejalashtirildi.
“MCHJ” va uning hududiy bo‘linmalarida “Kafedra”lar filiallarini ochish. “MCHJ”da talabalar amaliyotini tashkil etish. “Kafedra” professor o‘qituvchilarining “MCHJ”da amaliy tadqiqotlar o‘tkazishiga sharoit yaratib berish imkoniyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Hamkorlikda “MCHJ”ni istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish. Professor-o‘qituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorliklar olib borish haqida kelishib olindi.