Interaktiv texnologiyalar – zamonaviy ta’limning ajralmas qismi

Interaktiv texnologiyalar – zamonaviy ta’limning ajralmas qismi

Renessans ta’lim universitetida o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlari izchil davom etmoqda. Bugungi kunda barcha o‘quv auditoriyalari kompyuterlar, videoproyektorlar, tarmoq uskunalari hamda interaktiv doskalar bilan to‘liq jihozlangan.
Shu imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida, Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Interaktiv ta’lim vositalaridan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida interaktiv doskalarning yangi funksiyalari, raqamli ta’lim vositalarini mashg‘ulotlarga integratsiyalash, texnik jihozlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
 
Trening doirasida o‘qituvchilar innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha yangi yondashuvlarni o‘zlashtirdi.