Renessans taʼlim universitetining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi Kompyuter Injenering 54-23-guruh talabalari “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” forumiga tashrif buyurishdi.
Forumning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda raqamli hukumatni rivojlantirishdagi dolzarb muammo va to‘siqlarni aniqlash, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli rejalarni belgilab olish orqali fuqarolarning davlat xizmatlaridan yanada tezkor, qulay va xavfsiz foydalanishini taʼminlash, davlat xizmatlarini bundanda samarali, shaffof va ishonchli tarzda taqdim etishga erishishdan iborat.Tadbirda davlat tashkilotlarining rahbar xodimlari va raqamlashtirishga masʼul vakillari hamda fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etib, raqamli hukumat sohasidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Ko‘rgazma davomida talabalar turli xil korxonalar tomonidan o‘tkazilgan bellashuvlarda masalani (dastur) yechish yo‘li bilan bellashishdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.