Bugun Renessans ta’lim universitetida Germaniyaning Drezden Texnika Universiteti Ta’lim Instituti Erasmus+ koordinatori Julia Koinova-Zoellner mehmon bo‘ldi.
Tashrif doirasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bunday xalqaro uchrashuvlar o'zaro aloqalarni mustahkamlash bilan birga talabalar va professor-o‘qituvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Renessans ta’lim universitetining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari ta’lim sifati va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Ertaga esa yana bir asosiy muhim voqea – “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur konferensiya turli mamlakatlardan kelgan olimlar, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilarni bir joyga to‘playdi. Ular ilmiy izlanishlari natijalarini taqdimot etib, global muammolar yechimiga o‘z hissalarini qo‘shadi.
Shunday qilib, bugungi kun yakunlandi, lekin oldinda muhim voqealar kutib turibdi. Ertangi konferensiya yangi bilim va tajribalar almashish, ilm-fan sohasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.
Barcha ishtirokchilarni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada kutamiz!