G‘alaba muborak!

G‘alaba muborak!

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan “Bayaman Erkinboyev” xotirasiga bag‘ishlangan belbog‘li kurash musobaqasi yana bir bor yuksak darajada o‘tdi. Ushbu Gran-Pri tarzida oʻtkazilgan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz munosib natijaga erishdi.
Quvonarlisi, Renessans ta’lim universitetining 2-bosqich talabasi Muslimaxon Ahmedova 65 kg vazn toifasida barcha raqibalarini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🥇Shuningdek, universitetimiz o‘qituvchisi Zaylobiddin Artiqov esa 100 kgdan ortiq vazn toifasida bellashib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.🥉
Bu g‘alabalar nafaqat sportchilarimizning, balki butun jamoamizning mehnati va fidoyiligining yorqin natijasidir. 🏆
 
Sportchilarimizni ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz!