Finlandiyalik mehmonlarning Renessans ta’lim universitetiga tashrifi

Finlandiyalik mehmonlarning Renessans ta’lim universitetiga tashrifi

Renessans ta’lim universitetida Finlandiyadan tashrif buyurgan Ilkhom Khalimzoda va Maria Ruohotie-Lyhty bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Samimiy muloqot davomida tomonlar ta’lim sohasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi.
Suhbat yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, ular universitet bitiruvchilari bilan uchrashib, esdalik uchun suratga tushishdi.