Finlandiyalik mehmonlar Pedagogika fakulteti faoliyati bilan tanishdi

Finlandiyalik mehmonlar Pedagogika fakulteti faoliyati bilan tanishdi

Ayni paytda Renessans ta’lim universiteti Pedagogika fakultetiga finlandiyalik mehmonlar Ilkhom Khalimzoda va Maria Ruohotie-Lyhtyni tashrif buyurdi. Ular talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishib, fakultet hayotiga qiziqish bildirishdi.
Tashrif davomida mehmonlar zamonaviy o‘quv muhitini ko‘zdan kechirib, ta’lim sifatini oshirish borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur uchrashuv universitet va xalqaro ekspertlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.