Xabaringiz bor, Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari ayni paytda Finlandiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida “Ta’lim tizimi menejmenti” bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Bugungi mashg‘ulotlar doirasida mutaxassislar “Ekotizimda tijoratlashtirish” mavzusida Finlandiyadagi nufuzli universitet professorlari bilan interaktiv dars olib bordi. Ushbu universitetda tashki etilgan biznes inkubator faoliyati bilan tanishib, turli innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etish tajribalari o‘rganildi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Yuvaskula universiteti professori, kafedra mudiri Marko Sitonen ishtirokida “Oliy ta’limda boshqaruv menejmenti va strategiyasi” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etildi.
Shundan so‘ng, Yuvaskula universiteti kutubxonasi bilan batafsil tanishish va mazkur kutubxonaga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lindi.
Malaka oshirish jarayoni davom etadi.