"Dolzarb 90 kun": “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” tanlovi – bilim va kitobga bo‘lgan mehr bayrami

"Dolzarb 90 kun": “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” tanlovi – bilim va kitobga bo‘lgan mehr bayrami

Renessans ta’lim universitetida talabalar o‘rtasida “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 
 
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaaga bo‘lgan mehrini mustahkamlash va bilimdon talabalarni rag‘batlantirishdan iborat.
 
Mazkur tanlov Renessans ta’lim universitetida kitobxonlik targ‘iboti borasidagi tizimli ishlarning uzviy davomi bo‘lib, talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, erkin fikrlovchi va keng dunyoqarashga ega yoshlarni kamol toptirishga xizmat qiladi.