“Dolzarb 90 kun”: Kitob mutolaasi ma’naviyatga eltuvchi yo‘l

“Dolzarb 90 kun”: Kitob mutolaasi ma’naviyatga eltuvchi yo‘l

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni mutolaa madaniyatiga keng jalb etish maqsadida navbatdagi tadbir Toshkent viloyati axborot-kutubxona markazida tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Renessans ta’lim universitetining talabalari ishtirok etib, kitobxonlik madaniyati, mutolaaga bo‘lgan munosabat, kitobning inson hayotidagi o‘rni xususida ochiq muloqot olib bordilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr almashdilar va kitoblar orqali dunyoqarash kengayishini yana bir bor angladilar.
Tadbir yakunida talabalar bu kabi uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘qishga rag‘batlantirish va fikrlash doirasini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlandi. 
Shuningdek, ushbu xayrli tashabbuslarni kelgusida ham muntazam davom ettirilishga kelishib olindi.