⚡️Renessans ta'lim universitetida “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining universitet bosqichiga start berildi
🔼Talabalarning olgan bilimi va erishgan yutuqlarini xolisona baholash, jamiyatga va davlatga yetuk, yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni intellektual salohiyatini oshirish, ularning o’z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol yil talabasi” tanlovi e’lon qilinadi.
🎯Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 1, 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
✅ “Eng faol yil talabasi” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:
✉️ “Yilning o'z mutaxassisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning fanlarni o’zlashtirishi va o’quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko’rib chiqiladi;
📢 “Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ’ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o’zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko’rib chiqiladi;
🫥 “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g’oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko’rib chiqiladi;
🏆“Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqyosidagi o’tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi;
🎨 “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo’yicha) bunda talabaning joriy yilda mustaqil ravishda yaratgan ijodiy asarlari, erishgan yutuqlari hamda turli tanlov va ko’rgazmalardagi ishtiroki ko’rib chiqiladi;
⚒ “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning joriy yilda o’z ijodiy badiiy asarlari, maqola, joriy yilda chop etilgan risola, kitob, musiqa, kino va teatr sohasidagi qiziqishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlardagi ishtiroki va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi;
📈 “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”, (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko'rib chiqiladi.
⭐Nominatsiyalar bo‘yicha universitet bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar universitet rektori tomonidan taqdirlanadi:
🔽 Eslatib o’tamiz, tanlov uchun ariza va hujjatlar to’plami 31-oktabr sanasiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Ishtirok etish istagida bo’lgan talabalar Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat, axborot-resurs markazi boʻlimi bosh mutaxassisi Ahmadjon Beknazarov (+99897 716-16-66)ga murojaat qilishlari so’raladi.
Tanlov nizomi bilan batafsil tanishish uchun: