Renessans ta'lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev Greenwich universiteti vakillari Amir Sadati, April Keith va Maged Shebaitalar bilan muloqotlar chog‘ida ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.
Mazkur hamkorlik kelgusida universitetimiz talabalari uchun xalqaro darajada taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
O‘zaro aloqalar natijasida o‘qituvchilar va talabalar turli loyihalar, amaliy dasturlarda faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi. Xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajriba va bilimlar almashinuvi asosida ta’lim sifati hamda ilmiy salohiyat yanada oshadi.